“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati, Qirg‘iz Respublikasi energetika vazirining o‘rinbosari hamda “Elektr stansiyalari” OAJ rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yuzasidan ma'lumotnoma.
Joriy yilning 5-sentabr kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Qirg‘iz Respublikasi Energetika vaziri o‘rinbosari B.A.Azizbekov, “Elektr stansiyalari” OAO bosh direktori T.A.Baygaziyev hamda boshqa energetika sohasi mutaxassislardan iborat delegatsiyani qabul qilindi.
Aksiyadorlik jamiyatining Markaziy boshqaruv apparati binosida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov, Boshqaruv raisining o‘rinbosari N.M.Mahmudov, “Milliy dispecherlik markazi” davlat unitar korxonasi direktori M.K.Boboyev hamda Xalqaro aloqalar va shartnomalar bo‘limi boshlig‘i B.T.Karimovlar qizg‘izistonlik hamkasblari bilan Hukumatlararo kelishuvlarga binoan olib borilayotgan hamkorlik ishlarini muhokama qildilar.
Shuningdek, mazkur uchrashuvda Qirg‘izistonning “To‘xtagul” suv omboridagi suv hajmini kuz-qish mavsumida saqlab qolish maqsadida Turkmanistondan Qirg‘iz Respublikasiga elektr energiyasini O‘zbekiston elektr energetika tarmoqlari orqali tranzit qilishni davom ettirish va shu amaliyot bilan bog‘liq texnik-muhandislik masalalari muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 24–25-may kunlari Qirg‘izistonning Cho‘pon-Ota shahrida Markaziy Osiyo energetiklarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati