Yangiliklar
Mustaqilligimizning 31 yillik bayrami arafasida navoiylik energetiklar tomonidan sport o‘yinlari musobaqasi o‘tkazildi
  • 31.08.2022
  • 317

Istiqlol shodyonalarining 31 yilligi arafasida “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli elektr tarmoqlari ob'ektlari hamda podstansiyalarda mehnat faoliyati yurituvchi ishchi-xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in sur’atlarda o‘tgan musobaqa bahslarida yosh energetiklar alohida natijalar ko‘rsatishdi. Sport musobaqalari stol tennisi, shashka, shaxmat hamda mini futbol turlari bo‘yicha o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

✍️ “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali Yoshlar Ittifoqi a’zolari

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>