Yangiliklar
Istiqlol shodyonasi arafasida farg‘onalik energetiklar tomonidan sport musobaqalari o‘tkazildi
  • 30.08.2022
  • 261

O‘zbekiston Respublikasi hududlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, mamlakatimizda bu borada yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish natijadorligini oshirish maqsadida qabul qilingan Prezident qarorida ko‘rsatib o‘tilganidek, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish borasida barcha soha va yo‘nalishlarda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

⚡️ Misol uchun, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida mehnat faoliyati yuritayotgan ishchi-xodimlar o‘rtasida turli sport musobaqalari uyushtirilib turiladi. Shunday tadbirlardan biri Mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami munosabati bilan “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialida o‘tkazildi.

⚽️ “SPORT — SALOMATLIK GAROVI” shiori ostida o‘tgan sport musobaqalari ...

Batafsil: https://telegra.ph/uzbekistonmetuz-08-29-6

Musobaqadan so‘ng ishtirokchilar bir dasturxon atrofida o‘zbek milliy taomlaridan tanavvul qilishdi. Musobaqa g‘oliblariga Filial kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

⇒ Eslatib o‘tamiz: Avvalroq  “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialining 2022/2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan hisoboti e'lon qilingan edi.

✍️ “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali Yoshlar Ittifoqi a'zolari

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>