2022-yilning o‘tgan 7 oyi davomida olib borilgan modernizasiya ishlari natijasida yuqori kuchlanishli 6 ta podstansiya quvvati qo‘shimcha 591 MVA (megavolt amper)ga oshirildi.
Buning natijasida, Surxondaryo, Samarqand va Jizzah viloyatlari hamda Toshkent shahridagi yuqori kuchlanishli podstansiyalarning quvvat o‘tkazish qobiliyati yaxshilandi.
Yil yakuniga qadar yana 5 ta podstansiyada (1025 MVA) quvvat oshiriladi. Natijada respublikamizdagi 7 ta viloyat hamda Toshkent shahridagi jami 11 ta podstansiyada 1 616 MVA quvvat oshirilishiga erishiladi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
https://t.me/minenergy_uz/5788
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati