Qiziqarli xabarlar
Shimoliy dengizdagi quyosh fermasi bo‘ronlarga bardosh beradi
  • 22.08.2022
  • 417

Shimoliy dengizda dovullarga chidamli kichik quyosh parki qurish rejalashtirilgan.

SolarDuck texnologiyasi panellarga hatto o‘ta kuchli bo‘ronlarda ham shikastlanmasdan to‘lqinlar ustida ishlash imkonini beradi.

PWE va SolarDuck ning sinov loyihasi Merganser deb nomlanadi va Belgiyaning Ostend shahri yaqinidagi suvlarda barpo etiladi.  Platformaning maksimal quvvati 0,5 MVtni tashkil qiladi.

Stansiya elementlari balandligi 5 metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar ustidan suzib o‘tishga qodir, shuningdek, shamol tezligi sekundiga 30 metrdan yuqori bo‘ronlarga ham chidamli.

Rejalashtirilgan xizmat muddati - 30 yil.

#quyoshenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1591

«O‘zbekiston MeT» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>