Yoshlar siyosati
«Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filialida yosh xodimlar ishtirokida «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» davra suhbati o‘tkazildi
  • 25.02.2020
  • 957

     Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Yoshlar Ittifoqi tashkilotining yetakchisi tashabbusi bilan «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» videomuloqoti o‘tkazilgan, unda Jamiyat tasarrufidagi hududiy tashkilotlardagi boshlang‘ich tashkilotlar a'zolari hamda ularning yetakchilari ishtirok etishgan edi.

     Manba: http://uzbekistonmet.uz/uz

     Manba: http://uzbekistonmet.uz/oz

 

     Endilikda bu an'ana Jamiyat tasarrufidagi hududiy filiallarda ham davom ettirilmoqda. Misol uchun, yaqinda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi.

     Uchrashuvda filial direktori Jamiyat boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari bilan yosh energetiklar videomuloqotida berilgan topshiriqlar, Jamiyat yoshlariga berilayotgan keng imkoniyatlar haqida gapirib, kelgusida davlat va jamiyat taraqqiyotida, xususan energetika sohasi rivojida yoshlarning o‘rni alohida ahamiyat kasb etishi xususidagi o‘z mulohazalarini bayon qildi.

     Uchrashuvda, shu jumladan, yosh xodimlarning kasbiy malakasini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishni tashkil qilish, shu bilan birga, sport mashg‘ulotlari va tanlovlarini tashkil etish, yoshlar o‘rtasida savodxonlik darajasini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish masalalari yuzasidan bir qancha takliflar bildirilib, qizg‘in bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi.

     Tadbirda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil  18-iyuldagi PQ-3138-sonli «O‘zbekiston Yoshlar ittifoqini moddiy-texnika bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil 27-dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda berilgan vazifalarini tizimli tashkil etish maqsadi, istiqbolda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida so‘z bordi.

     Prezident qarorlari va «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv raisining buyrug‘iga muvofiq yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquqiy savodxonlikni oshirish va yoshlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi tubdan isloh etish haqida alohida ta'kidlandi.

     Uchrashuv so‘nggida «Surxonlaryo MET» filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Umidjon Choriyev yoshlar bilan birgalikda yil davomida amalga oshiriladigan ishlar va istiqboldagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Bu kabi uchrashuvlar kamida bir oyda bir marta o‘tkazilib turilishi filial faoliyati uchun foydadan xoli bo‘lmasligi taklif sifatida bildirdi. Yoshlar yetakchisining takliflari barcha ishtirokchilar tomonidan ma'qullandi.

     «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori tomonidan haftaning har chorshanba kuni «Yoshlar va sport» kuni deb belgilanishi qo‘llab-quvvatlandi.

 

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati

Yoshlar Ittifoqi kengashi

 

«O‘zbekiston MET» AJ
Axborot xizmati

 

Veb-sahifa:  uzbekistonmet.uz  

Telegram:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati

Facebook:  https://www.facebook.com

Twitter:  https://twitter.com

Instagram:  https://www.instagram.com

 

>