Yangiliklar
“O‘zbekiston MET” AJ va magistral elektr tarmoqlari filiallarining ma'muriy binolari tomiga quyosh panellari o‘rnatilmoqda
  • 03.08.2022
  • 712

Joriy yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida iqtisodiy tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha ob'ektlarida  qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 48-bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosi o‘z vaqtida ta'minlash maqsadida, “O‘ztexsanoat” uyushmasi binosida o‘tkazilayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘rgazmasi erishilgan kelishuvlarga binoan,a “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ  Solar Nature korxonasi bilan 28 ta obyektga 500 kVt quvvatli quyosh paneli o‘rnatish bo‘yicha umumiy qiymati 5,0 mlrd. so‘mlik shartnoma imzolangan edi.

Mutaxassislarning fikricha, o‘rnatilayotgan ushbu quyosh panellari bir yil davomida Aksiyadorlik jamiyatning elektr energiya iste'molini 1 080,0 ming kVt•soatga tejashga imkon beradi.

Ayni paytda Solar Nature korxonasi bilan joriy yil 21-iyulda tuzilgan shartnomaga ko‘ra «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatning ma'muriy binosida quvvati 50 kVt bo‘lgan quyosh paneli o‘rnatish ishlari boshlab yuborilgan. Tadbir natijasi o‘laroq bir yilda 108,0 ming kVt•soat elektr energiyasi tejalishi ko‘zda tutilgan. 

Shu bilan birga, Aksiyadorlik jamiyati xodimlarining yashash joylarida namuna tariqasida o‘rnatish grafigiga asosan 20 nafar xodim xonadonida quvvati 73,5 kVt bo‘lgan quyosh paneli va quyosh suv istitish qurilmalari o‘rnatish bo‘yicha shartnomlar tuzilmoqda. 2022–2026-yillar davomida bosqichma-bosqich xo‘jalik iste'molini to‘liq qayta tiklanuvchi energiya manbalariga, ya'ni “yashil energiya”ga o‘tish ko‘zda tutilgan.

✍️ Salim Eshonqulov, “O‘zbekiston MET” AJ Elektr energiyasi texnologik sarfini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>