Qiziqarli xabarlar
Xitoyning eng yirik shamol stansiyasi
  • 27.07.2022
  • 654

Xitoyning «China General Nuclear Power Group» (CGN) kompaniyasi mamlakatning quruqlikdagi eng yirik shamol stansiyasini foydalanishga topshirdi. Uning quvvati 1 gigavattni (GVt) tashkil etadi.

Mamlakat shamol turbinalarini  ishga tushirish bo‘yicha yetakchilikni davom ettirmoqda. O‘tgan yili quruqlikdagi shamol stansiyalarining o‘rnatilgan quvvatining global darajada o‘sishi natijasida XXRning ulushi 41 %ni (71,8 GVtdan 29,5 GVt) va dengizdagi shamol generatorlari esa 82 %ni tashkil etdi (21,3 GVtdan 17,4 GVt).

Shamol stansiyasi yiliga 3 teravatt-soat (TVt) elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda, bu esa yiliga 2,5 million tonna karbonat angidridni tejash imkonini beradi.

Energiya 500 kVt quvvatga ega yuqori kuchlanishli liniya yordamida umumiy tarmoqqa yuboriladi.

#shamolenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1561

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>