O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF–144-son Farmoni ijrosini ta'minlash to‘g‘risidagi "O‘zbekiston MET" AJning 2022-yil 4-iyuldagi 165-sonli buyrug‘iga muvofiq "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali tarkibidagi 500 kV kuchlanishli podstansiyada fuqaro muhofazasi bo‘yicha rejalashtirilgan qo‘mondonlik-shtab hamda maxsus o‘quv-taktik mashqlari zilzila va uning oqibatlariga oid ko‘rgazmali o‘quv-uslubiy vositalardan foydalangan holda o‘tkazildi.
⚡️ Eslatib o‘tamiz, zilzila va uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mashqlar "O‘zbekiston MET" AJ Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilmoqda va unda boshqa tuzilmalar ham ishtirok etmoqda.
✍️ "Toshkent MET" filiali Xavfsizlik va maxsus ishlar guruhi
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati