Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari xizmati xodimlarining bilim-tajribasi sinovdan o‘tkazilmoqda
  • 14.07.2022
  • 386

⚡️  “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari" filialida Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi tadbirlarining navbatdagi bosqichi Elektr uzatish liniyalari xizmati xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda elektr tarmoqlarida ta'mirlash-sozlash olib borayotgan mutaxassis tayanch ustunlaridan yig‘ilib jarohat olganda yoki xavfsizlik texnikasi shartlariga rioya etmasdan kuchlanish ostiga tushganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish mashqlari sinovdan o‘tkazildi.

Shuningdek,  elektr sinovlar laboratoriyasida  himoya vositalarini elektr sinovdan o‘tkazish jarayoni mutaxassislar tomonidan mahorat darsi shaklida ko‘rsatib berildi.

Eslatib o‘tamiz, Aksiyadorlik jamiyatining 150-sonli buyrug‘iga ko‘ra, Ko‘rik tadbirlariga tayyorlanish, uni o‘tkazish va natijalarini baholash uchun 7 nafar mutaxassislardan iborat tarkibda Markaziy komissiya tuzilgan.

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan yuqori kuchlanishli podstansiyalarda o‘tkazilayotgan Xavfsizlik texnikasi ko‘rik tadbirlaridan lavhalar

Avval xabar berganimizdek, xavfsiz ish sharoitlarini ta'minlash va jarohatlanishlarning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 28-yanvardagi 21-sonli buyrug‘ining 6-ilovasi, 1-bandini bajarish maqsadida 2022-yil 1-iyuldan 1 avgustgacha “O‘zbekiston MET” AJ barcha filiallarida Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ko‘rik oyligi o‘tkazilmoqda.

Jamoatchilik e'tiboriga o‘tgan bir yil davomida Xavfsizlik texnikasi ko‘rik tadbirlariga oid ma'lumotnomalar havolasini xronologik tartibda taqdim etdik.

⚡️2022-yil 4-iyul sanasida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali,  13-iyul sanasida “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari" filialida o‘tkazilgan tadbirlar yoritildi.

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagram ‖  Youtube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>