Yangiliklar
RAQOBATLI BOZORGA O‘TISH — energetika sohasida shaffof muhitni yaratishga xizmat qiladi
  • 04.07.2022
  • 332

Yodingizda bo‘lsa, joriy yilning 23-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasi korxonalari faoliyatini transformatsiya qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan edi.

Yig‘ilishda mamlakatimiz iqtisodiyoti va aholi talabi tobora o‘sib, yoqilg‘i-energetika tarmog‘i shunga mutanosib modernizatsiya qilinayotgani alohida e'tirof etildi. Bu ishlar davlatimiz rahbarining 2019-yil 27-martdagi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi asosida olib borilmoqda.

 

 

– Yig‘ilishda sohaga raqobatli bozor mexanizmlarini olib kirish jarayonida yagona xarid qiluvchi vazifasini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJdan ajratish, ushbu vazifani bajarish uchun alohida tashkilot tashkil etish, tashkilotimizning faqat elektr energiyasini yetkazib berish va transportirovka bilan shug‘ullanishi masalasi ko‘rib chiqildi.

Ma'lumki, transformatsiya jarayoni kam ishchi kuchi bilan yuqori samaradorlikka erishishning muhim omili sifatida mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Aksiyadorlik jamiyatimizni transformatsiya qilish ham iqtisodiy va inson resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish, tizimga raqamli texnologiyalarni va dasturiy ta'minotlarni jalb etish, boshqaruvda inson omilini qisqartirib, adolatli tizimlarni yaratish, korrupsiyaning oldini olish, ishlab chiqarishda tannarxni pasaytirish, operatsion samaradorlikni oshirish va uning ishonchli ishlashini ta'minlash, elektr energetika tizimi xavfsizligini oshirish kabi muhim ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni o‘z ichiga oladi.

Bugungi kunda Aksiyadorlik jamiyatimiz tarkibida 14 ta hududiy magistral elektr tarmoqlari, markaziy rele himoyasi va avtomatika xizmati, loyihalashtiruvchi, qurilish va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi funksional filiallar, shuningdek, jamiyatga qarashli 85 ta podstansiya va 11 ming 400 kilometrdan ortiq 220-500 kVli magistral havo elektr uzatish liniyalari mavjud. Tizimda 4 ming 300 nafarga yaqin mutaxassis-xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Замонавий ва инновацион технологияларни жорий этиш ва қўллаш, жамият харажатларини қисқартириш, даромадлиликни ва инвестицион жозибадорликни ошириш, халқаро бозорларга чиқиш, шунингдек, жамиятнинг истиқболдаги ривожи учун соҳага хусусий инвесторларни жалб қилиш “Ўзбекистон миллий электр тармоқлари” АЖни трансформация қилишнинг асосий вазифаси ҳисобланади.

2021 йилда бу борада энергетика компанияларида халқаро стандартлар асосида молиявий ҳисобот тайёрлаш тизимини тўлиқ жорий этиш бўйича “Ernst & Young” LLC аудиторлик ташкилоти билан шартнома имзоланди. 2019-2020 йиллар учун жамиятимиз молиявий ҳисоботларнинг халқаро стандартлари талабларига мувофиқ, тўлиқ аудиторлик текширувидан ўтказилди ва ижобий хулоса олинди.

Маnbа: https://kun.uz/44023881

https://t.me/kunuzofficial/125255

Magistral elektr tarmoqlarini rivojlantirish uzoq muddatli (kamida 10 yillik) rejasini ishlab chiqish uchun xorijiy ekspertlar tanlovi yakunlanib, g‘olib kompaniya – MRC Consultants and Transaction Advisers S.L. (Ispaniya) bilan shartnoma imzolandi.

“Yangi 500 kV kuchlanishli “Halqa” nimstansiyasi hamda 220 kV va 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-apreldagi qarori bilan tasdiqlandi. “Issiqlikelektrloyiha” AJ tomonidan loyiha tender hujjatlari ishlab chiqildi.

Ixtisoslashgan loyiha institutlarini jalb qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi energotizimidagi barcha magistral elektr tarmoqlarining raqamli modeli va interaktiv xaritasi yaratildi.

Davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida qurilayotgan xususiy elektr stansiyalarini respublika energotizimiga ulash va ularni boshqarishni ta'minlash hamda ushbu ishlarni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki tomonidan yollangan Adalid Asesores y Consultores (ADAYC) konsalting kompaniyasi bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Xususan, 2021-yil 27-avgust kuni Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi bilan Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi to‘liq quvvatda ishga tushirildi. Joriy yilda esa Fransiyaning “Total Eren” kompaniyasi bilan Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi foydalanishga topshirildi.

Joriy yilda ham tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha o‘z oldimizga bir qator vazifalarni belgilab olganmiz. Energiya tejamkorlikni yanada oshirish, sohaga oid bo‘lmagan faoliyat turlarini autsorsingga berish, raqamlashtirish va raqamli transformatsiyani amalga oshirish, avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimi (SCADA/ EMS/ RTU)ni joriy etish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, resurslarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi (ERP) ni yaratish ustida ishlash, xodimlar ish samaradorligini baholashning KPI tizimini joriy etish kabi vazifalar shular jumlasidandir.

    Yig‘ilishda oldimizga bu boradagi ishlarni jadallashtirish, operatsion xarajatlar va yo‘qotishlarni kamaytirish, soha faoliyatini raqamlashtirish, ushbu yo‘nalishda ishlovchi malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ko‘plab topshiriqlar qo‘yildi.

2026 va 2030-yillargacha tizim faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha aniq dasturlarimiz bor. Taqdimotda undagi vazifalar ham muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab berildi.

Dadajon ISAQULOV,

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi


Manba: «Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2022-yil 30-iyun kungi 129-soni

 https://t.me/gazetalar_sharhi/15824

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>