Yangiliklar
Farg‘onalik energetiklar bugungi kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama etishdi
  • 04.07.2022
  • 333

Bugun, 2022-yil 4-iyul kuni "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ "Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari" filialida "O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilingan kunning 30 yilligi hamda "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun loyihasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishni filial direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sh.Sh.Kamilov olib borib, dastlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berdi So‘ngra Konstitutsiyaga kiritilishi kutilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bayon qildi.

Yig‘ilish so‘nggida mavzu yuzasidan ishchi-xodimlarning fikr-mulohazalari muhokama etildi. Huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha huquqshunoslar ishtirokida ma'ruzalar tinglandi.

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

✍️  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>