Yangiliklar
Xavfsizlik texnikasi oyligi: 2022-yil 1-iyuldan 1-avgustgacha xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ko‘rik tadbirlarini kuzatib boring!
  • 01.07.2022
  • 534

Ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 84 ta yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda 11650 kilometrdan ziyod 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo liniyalarida yuzlab texnik-muhandis, elektr montyor va elektr chilangarlari mehnat faoliyati yuritishadi. Ularning kasbiy mahoratini yuksaltirish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat'iy rioya qilishi doimiy nazorat qilish — muhim masala.

❗️ Birinchidan, bu inson hayoti va sog‘lig‘i bilan bevosita aloqador, ikkinchidan, yuqorida tilga olingan ko‘rsatkich va sifatlar yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirib, qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirishga yetaklaydi. Natijadorligi esa iste'molchilar — aholi, kichik va o‘rta biznes vakillari hamda sanoat korxonalariga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishda namoyon bo‘ladi.

Xavfsiz ish sharoitlarini ta'minlash va jarohatlanishlarning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 28-yanvardagi 21-sonli buyrug‘ining 6-ilovasi, 1-bandini bajarish maqsadida 2022-yil 1-iyuldan 1-avgustgacha “O‘zbekiston MET” AJ barcha filiallarida “Ish reglamenti” va “Dastur”ga muvofiq xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ko‘rik oyligi o‘tkazilishi to‘g‘risida 2022-yil 24-iyun sanasida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov tomonidan 150-sonli buyruq imzolandi.

⚡️ Buyruqqa ko‘ra, Ko‘rik tadbirlariga tayyorlanish davri 2022-yilning 20-iyundan 1-iyulgacha davom etdi. Ko‘rikka tayyorlanish, uni o‘tkazish va natijalarini baholash uchun 7 nafar mutaxassislardan iborat tarkibda Markaziy komissiya tuzildi. “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.A.Nazirov Komissiya raisi etib tayinlandi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati bilan hamkorlikda 2022-yil 1-iyuldan 1 avgustgacha o‘tkaziladigan Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ko‘rik oyligi tadbirlarini yoritib boradi.

E'tiboringizga o‘tgan bir yil davomida Xavfsizlik texnikasi ko‘rik tadbirlariga oid ma'lumotnomalar havolasini xronologik tartibda taqdim etamiz.

✔️ 13.05.2022  — "Sirg‘ali” podstansiyasi bilan tanishuv va uch oylik sarhisob

✔️ 10.05.2022  — "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali: “XAVFSIZLIK TEXNIKASI” KUNI O‘TKAZILDI

✔️ 17.03.2022  — "Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali: “Xavfsizlik texnikasi kuni” tadbirlari yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida o‘tkazildi

✔️ 16.03.2022  — “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali: 6 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalarda "Xavfsizlik texnikasi kuni" tadbirlari o‘tkazildi

✔️ 15.03.2022  — “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali: yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i ostidan yuk olib o‘tish tartib-qoidalari buzilgan

✔️   02.03.2022  — Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyliklari yakuni: «ENERGO-IT» filiali tarkibiy bo‘linmalar bo‘yicha I o‘rin sohibi

✔️ 29.12.2021  — E'TIBOR VA E'TIROF: Magistral elektr tarmoqlari filiallari rahbarlari tomonidan taqdim etilgan materiallar

✔️ 07.12.2021  — Elektr ta'minotining texnik va muhandislik shartlari: Dunyo elektr energetikasidagi yirik avariyalar va ularning oqibatlari

✔️ 23.08.2021«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati: Sanoat va yong‘in xavfsizligi ta'minlash mavzusida o‘quv seminari hamda 500 kV kuchlanishli «So‘g‘diyona» podstansiyasida ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazildi

✔️ 31.07.2021“Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi «Sirg‘ali» podstansiyasida Xavfsizlik texnikasi oyligi tadbirlari o‘tkazildi

✔️ 30.07.2021«Toshkent shahar MET» filialida “Ehtiyotkorlik — zamon talabi” shiori ostida o‘tkazilgan Xavfsizlik texnikasi oyligi tadbirlarining final bosqichi musobaqalar tarzida yakunlandi

✔️ 17.07.2021Ayrim kishilarning loqaydligi, e'tiborsizligi-yu bilimsizligi elektr ta'minoti tizimi barqarorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda...

Tahliliy maqolalar  (ma'lumot o‘rnida):

✔️ 15.07.2021Xavfsizlik texnikasi oyligi davomida «Qashqadaryo MET» filialida o‘quv seminarlari ham o‘tkaziladi

✔️ 15.07.2021“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialida Xavfsizlik texnikasi oyligi tadbirlari mas'uliyat bilan o‘tkazilmoqda

✔️ 13.07.2021Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati: “Obi-hayot” podstansiyasi faoliyati o‘rganildi

✔️ 13.07.2021 Xavfsizlik texnikasi oyligi: 2021-yil 1-iyuldan 1-avgustgacha xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ko‘rik tadbirlarini kuzatib boring!

✔️ 13.07.2021В магистральных сетях проводится месячник безопасности труда

✔️ 07.12.2021  — Технические и инженерные условия электроснабжения: Последствия крупных аварий в мировой электроэнергетике

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>