Yangiliklar
Bir guruh elektromontyorlar nomidan e'lon qilingan murojaat Ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda
  • 28.06.2022
  • 698

Bugun, ya'ni 2022-yil 27-iyun sanasidan 28-iyun sanasiga o‘tar kechasi, soat 01:36 da Muxbir Daliyev telegram kanalida  “Elektromontyorlar "O‘zbekiston MET" vallomatlaridan nega norozi?” deb nomlangan “elektromontyorlar murojaati”  e'lon qilingan edi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ shuni ma'lum qiladiki, telegram kanalida "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filialiga tegishli podstansiyalardagi bir guruh elektromontyorlar nomidan e'lon qilingan murojaat mazmuni Aksiyadorlik jamiyati tomonidan batafsil o‘rganilmoqda. «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi tomonidan berilgan ko‘rsatmaga binoan bugun mas'ul boshqarma va bo‘lim vakillaridan iborat Ishchi guruh tuzildi va uning xulosalari belgilangan muddat ichida, tegishli tartibda uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e'lon qilinadi.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

 

>