Yangiliklar
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar energetika vazirlarining 2-yig‘ilishi hamda Birinchi xalqaro energetika forumi o‘z ishini boshladi
  • 23.06.2022
  • 257

Bugun, 2022-yil 23-iyun kuni “Hilton Tashkent City” majmuasining  “Toshkent” hamda  “Ballroom” anjumanlar zalida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar energetika vazirlarining Ikkinchi yig‘ilishi hamda Iteca Ehxibitions (O‘zbekiston) bilan hamkorlikda Birinchi xalqaro energetika forumi o‘z ishini boshladi.

Forumda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda mutaxassislari ham ishtirok etishmoqda.

⇒  Eslatib o‘tamiz, tadbir 23–24-iyun kunlari davom etib, jami 12 ta sessiyalar ishida 60 dan ziyod mutaxassis-ekspertlarning ma'ruzalari tinglanishi rejalashtirilgan.

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>