Yangiliklar
RADDIYA: 110 kV kuchlanishli “Gazli-1” elektr tarmog‘i “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ tasarrufida emas
  • 20.06.2022
  • 288

2022-yil 19-iyun kuni Uzbekneftegaz | Rasmiy  telegram kanalida  «“O‘zbekneftgaz”: Elektr tarmoqlarida elektr ta'minotining uzilishi tabiiy gaz qazib chiqarish va qayta ishlash qurilmalari avariyaviy holatda to‘xtadi» nomli ma'lumotnoma e'lon qilingan edi. Unda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati holatni quyidagicha izohlaydi: «Joriy yilning 19-iyun kuni soat 06:25 da “O‘zbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish ob'ektlarini ta'minlab turgan O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari" AJga qarashli "Buxoro"-220/110/35 kV podstansiyasidan tarmoqlangan "Buxoro Hududiy elektr tarmoqlari" AJga tegishli "Gazli-1" 110 kV havo liniyasida elektr energiyaning qisqa muddatli o‘chishi sodir bo‘ldi.»

Mazkur xabarnomada ishchi nomi "Gazli-1" deb nomlangan 110 kV kuchlanishli havo liniyasi “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari" AJga tegishli ekanligi to‘g‘ri yozilgan, shuningdek “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJga qarashli 220/110/35 kV kuchlanishli "Buxoro" podstansiyasidan tarmoqlangani to‘g‘ri qayd etilgan.

Ammo shu manbaga asoslanib rus va o‘zbek tilida xabar tarqatgan boshqa elektron nashrlar yo tushunmovchilik (masala mohiyatini to‘liq anglamasdan) yoki salohiyatsizlik ortidan (jurnalist va blogerlarning e'tiborsizligi tufayli) “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJga qarashli 110 kV kuchlanishli “Gazli-1” elektr tarmog‘idagi qisqa muddatli o‘chish tufayli “Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli “G‘arbiy” kompressor stansiyasidagi gaz haydash agregati, 3 ta gazni oltingugurtdan tozalash texnologik qurilmalari va texnologik qurilmalarga issiqlik energiyasini yetkazib turgan 5 ta bug‘ qozonlar me'yoriy ish rejimidan avariyaviy holatda to‘xtadi, deya izoh berishgan.  Aslida esa o‘chgan yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari" AJ balansida.

❗️Yuqoridagilarni inobatga olib, podrobno.uz axborot platformasi  va unga havola ko‘rsatib noto‘g‘ri talqinli axborot bergan boshqa nashrlarga ma'lumotnoma matnini tuzatib qo‘yishini so‘raymiz. Shu bilan birga, elektron nashr jurnalistlari va blogerlarni havola ko‘rsatib olingan axborot matnini qisqartirish jarayonida tashkilot nomlarining to‘g‘ri yozilishi, bildirilayotgan axborot noto‘g‘ri talqin etilishi mumkin bo‘lgan hollardan saqlanishga chaqiramiz.

‼️ Unutmang, bir tizimda umumiy vazifa-majburiyatlarni bajarsa-da, tizim tashkilotlarining har birida o‘z Ustavi va belgilangan majburiyat hamda vakolatlari doirasidagi vazifalari mavjud.

Raddiyaga izoh:  podrobno.uz  axborot nashri “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmatining rus tilida noto‘g‘ri tarjimasiga tayanib (havola ko‘rsatmasdan) ma'lumotnoma e'lon qilgani ma'lum bo‘ldi

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmatining xabarnomada ishchi nomi "Gazli-1" deb nomlangan 110 kV kuchlanishli havo liniyasi “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari" AJga tegishli ekanligi to‘g‘ri yozilgan, shuningdek “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJga qarashli 220/110/35 kV kuchlanishli "Buxoro" podstansiyasidan tarmoqlangani to‘g‘ri qayd etilgan.

❗️ Ammo nashrning rus tilidagi tarjimasida xatolikka yo‘l qo‘yilgan va podrobno.uz axborot platformasi ushbu nashrga tayanib (havola ko‘rsatmasdan) ma'lumotnoma e'lon qilgani ma'lum bo‘ldi.

⇒ Axborot xizmatidan qo‘shimcha ma'lumot: “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati rus tilidagi ma'lumotnomaga tizatish kiritdi.

V rezultate otklyucheniya elektroenergii v elektroseti v avariynom sostoyanii ostanovilis ustanovki po dobûche i pererabotke prirodnogo gaza

https://teletype.in/@uzbekneftegaz_ung_ru/-KEyhfGeFMy

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 

https://sof.uz/- “Ўзбекнефтгаз”: Электр тармоқларида электр таъминотининг узилиши табиий газ қазиб чиқариш ва қайта ишлаш қурилмалари авариявий ҳолатда тўхтади

https://darakchi.uz/ - «Узбекнефтегаз»: В результате отключения электроэнергии в аварийном состоянии остановились установки по добыче и переработке газа

https://rossaprimavera.ru/ - В Узбекистане из-за аварии остановлена добыча и переработка природного газа

http://m.xabar.uz/ - «Узбекнефтегаз»: В результате отключения электроэнергии в электросети в аварийном состоянии остановились установки по добыче и переработке природного газа

https://podrobno.uz/ - "Узбекнефтегаз" пожаловался на отключения электричества

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>