Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahridagi Arsif QFY hududida joylashgan «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi 220/110/10 kVli «Sokin» podstansiyasida o‘rnatilgan AT-2-125000 kVA quvvatga ega avtotransformatorini «Jahon Banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish» nomli investitsiya loyihasi doirasida quvvati 200000 kVAli yangi hamda zamonaviy avtotransformatorga almashtirish, shu bilan birga, zamonaviy mikroprotsessorli rele himoya jihozlari bilan ta'minlash ishlari yakunlandi.
2020-yil 8-fevral kuni o‘rnatilgan 200000 kVA quvvatga ega bo‘lgan avtotransformatorni ishga tushirish amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlanib, 72 soat davom etadigan sinov rejimiga qo‘yildi. Ayni paytda yangi avtotransformator rejim asosidagi yuklamada normal holatda ishlab turibdi.
Amalga oshirilgan ushbu modernizatsiya amaliyoti Farg‘ona viloyatining «Sokin» podstansiyasida elektr energiya o‘tkazish quvvatini qo‘shimcha 75000 kVA ga oshirib, podstansiya umumiy hisobda 400000 kVA quvvatga ega bo‘lganini ma'lum qilamiz.
Ma'lumot o‘rnida: «Sokin» podstansiyasi orqali Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari, Farg‘ona viloyatining Quva, Toshloq tumanlari va Quvasoy shahri hamda Andijon viloyatining Asaka tumani iste'molchilari uchun elektr energiyasi yetkazib beriladi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Axborot xizmati
Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati