Yangiliklar
Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan muhokamalar uchrashuv bo‘lib o‘tdi
  • 08.06.2022
  • 315

 "O‘zbekiston MET" AJ rahbariyati hamda Osiyo taraqqiyot banki vakillari va konsultantlari ishtirokida muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ma‘lumki, Prezidenti qarorlari va Hukumat topshiriqlariga asosan "O‘zbekiston MET" AJda OTBning kredit mablag'lari evaziga bir nechta investitsion loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Misol uchun, mamlakatimizda ilk raqamli — 220 kVli "Zafarobod" podstantsiyasini qurish,  Sirdaryo IESdan "Zafarobod" PSgacha 220 kVli elektr uzatish tarmog'i qurishi, 500 kVli L-507 Guzor-Regar liniyasini tiklash kabi investitsion loyihalari shular jumlasidan.

Uchrashuvda energetika sohasini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar alohida e‘tirof etildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida loyihalarning jahon talablariga mosligini  nazorat qilish masalasi muhokama qilindi.

✍️ Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshrish boshqarmasi

Axborot xizmati

>