Yangiliklar
Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati natijadorligi to‘g‘risida ma'lumotnoma
  • 06.06.2022
  • 442

Ushbu ma'lumotnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-iyuldagi PF–6257-son Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021–2022-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturining 13-bandiga hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 166-son qaroriga asosan uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirildi va unda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bo‘yicha 2022-yil yanvar-may oylarida asosiy prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumotlar jamlangan.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2022-yil boshidan belgilab olingan asosiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi yuzasidan quyidagi natijalarga erishildi:

I. Elektr energiyasini uzatish

2022-yil boshidan (yanvar-may) magistral elektr tarmoqlari orqali 27,7 mlrd. kVt•soat elektr energiyasi uzatilib, reja 104,1 foizga (o‘sish sur’ati 2021 yilning mos davriga nisbatan 104, foizga) bajarildi.

Elektr energiyasini uzatishdagi texnologik yo‘qotishlar amalda 893,0 mln kVt soatni, qabul qilingan elektr energiyasiga nisbatan esa 2,65 foizni tashkil etmoqda. Berilgan topshiriqqa nisbatan (893,1 mln. kVt•soat, 2,85 foiz) texnologik sarf 1,6 mln kVt•soatga ortgan. Ammo texnologik sarf ulushini berilgan topshiriqqa nisbatan 0,20 foizga kamaytirishga erishilgan.

II. Eksport ko‘rsatkichining bajarilishi

2022-yil yanvar-may oylarida eksport ko‘rsatkichlari jami 52,58 mln. dollar miqdorida bajarildi. Jumladan, Afg‘onistonga 38,43 mln. dollar elektr energiyasi eksporti va 14,15 mln. dollar miqdorida elektr energiyasining tranzit xizmatlari amalga oshirildi.

III. Investitsiya dasturi ijrosi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-sonli qaroriga asosan 2022-yil davomida “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan umumiy loyiha qiymati 1 190,45 mln. dollarga teng bo‘lgan 14 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilangan va ularni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Shundan, 2022-yilda 133,3 mln. doll. miqdoridagi mablag‘ o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan.

Joriy yil yakuniga qadar umumiy qiymati 298,2 mln. doll miqdoridagi 2 ta yirik investitsiya loyihalari ishga tushirilishi kutilmoqda. Jumladan:

- Jahon banki kredit mablag‘lari ishtirokidagi “Magistral elektr tarmoq podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasi. Loyiha umumiy qiymati 292,2 mln. doll. bo‘lib, podstansiyalarda jami 2200 MVA qo‘shimcha quvvat yaratiladi;

- Soha mablag‘lari ishtirokidagi “Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida 500 va 220 kV havo tarmoqlariga ulash” loyihasi. Loyiha umumiy qiymati 6,0 mln. doll. bo‘lib, loyiha doirasida 14,25 km 500 kVli hamda 1,2 km 220 kVli havo liniyasini qurish rejalashtirilgan.

IV. Modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari bo‘yicha

“O‘zbekiston MET” AJ tomonidan respublika iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va biznes sub'ektlari hamda aholi tomonidan elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortib borayotgan qismini to‘liq qoplash maqsadida 2019–2022-yillarda Jamiyat tasarrufidagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish ishlari jadal olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilda modernizatsiya dasturi asosida 11 ta podstansiyada 1616 MVA qo‘shimcha quvvat yaratilishi rejalashtirilgan.

Jumladan:

Toshkent shaharida 338 MVAga “Yuksak” PS 2 dona (200 MVAli) 150 MVA; 1 dona (63 MVAli) 63 MVA; “Traktorsoz” PS 1 dona (125 MVAli) 125 MVA; Buxoro viloyatida
62 MVAga “Quyimozor” PS 1 dona (125 MVAli) 62 MVA; Qashqadaryo viloyatida 200 MVAga “Amir-Temur” PS 1 dona 125 MVAli) 125 MVA; “Qarshi” PS 1 dona (200 MVAli) 75 MVA; Navoiy viloyatida 87 MVAga “Gornaya” PS 1 dona (63 VAli) 43 MVA; “Zarafshon” PS 2 dona (63 MVAli) 44 MVA; Samarqand viloyatida 218 MVAga “Cho‘ponota” PS 1 dona (200 MVAli) 200 MVA; 2 dona (25 MVAli) 18 MVA; Jizzax viloyatida 62 MVAga “DNS-2” PS 1 dona (125 MVAli) 62 MVA; Surxondaryo viloyatida 249 MVAga “Sherobod” PS 2 dona (250 MVAli), 2 dona (63MVAli) 249 MVA; Andijon viloyatida 400 MVAga “Lochin” PS  4 dona (267 MVAli) 400 MVA.

2022-yil boshidan modernizatsiya dasturi asosida podstansiyalardagi 5 ta kuch transformatorlarini almashtirish bo‘yicha amlga oshirilgan ishlar natijasida o‘rnatilgan quvvati qo‘shimcha 466 MVA oshirildi. Shundan, “Traktorsoz” PSda 125 MVA, “Chupon ota” PS da 16 MVA va aprel oyida “Yuksak” PSda 63 MVA, “Sherobod” PSda 187 MVA hamda may oyida Yuksak” PSda 75 MVAga.

V. Mukammal va joriy ta'mirlash ishlari bo‘yicha

2022 yilda magistral elektr tarmoqlarida umumiy quvvati 848 MVA bo‘lgan 10 dona kuch transformatori, 66 dona 110-500 kVli o‘chirgichi, 14 dona kompressor qurilmasi va 810,23 km uzunlikdagi 110-500 kV havo liniyalarini mukammal ta'mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, 265 dona podstansiyadagi transformatorlar va avtotransformatorlar, 1499 dona o‘chirgich, 22 dona havo kompressori hamda 4293,9 km uzunlikdagi 110-500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari joriy ta'mirlash rejalashtirilgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida 6 dona kuch transformatori, 30 dona 110–500 kVli o‘chirgich, 9 dona havo kompressori va 519,41 km uzunlikdagi 110–500 kV havo uzatish tarmoqlari mukammal ta'mirlandi.

2022-yil boshidan jami 162 ta podstansiyadagi kuch transformatorlari, 804 dona o‘chirgich, 18 dona havo kompressori hamda 2242,3 km uzunlikdagi 110–500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

VI. Jalb qilingan kreditlar

Jamiyatning xalqaro moliya institutlari hamda tijorat kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emas. 2022-yil may oyi davomida xalqaro moliya institutlari kredit majburiyatlari bo‘yicha chet el valyutasida 9,8 mln. doll. miqdorida, byudjet mablag‘lari hisobidan ajratilgan ssuda uchun 46,2 mlrd.so‘m miqdorida mablag‘lar grafik asosida o‘z vaqtida so‘ndirildi.

VII. Sarf-xarajatlarni qisqartirish

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ bo‘yicha, 2022-yilda 6,1 mlrd. so‘mlik sarf-xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha, prognoz reja tuzilib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib ishlar olib borilmoqda.

2022-yil yanvar-may oylari boshidan Jamiyat bo‘yicha 2604,1 mln.so‘m miqdorida xarajatlar qisqartirilib, reja 101,0 foizga bajarildi.

VIII. Importni qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar

Chet el davlatlari ishlab chiqaruvchi korxonalardan Jamiyat ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan elektr uskunalarini hozirda respublikamiz ishlab chiqaruvchi korxonalaridan (kuchlanish oshib ketishidan saqlagich qurilmasi) elektron savdolar asosida xarid qilish natijasida importni qisqartirish 2022-yil boshidan (yanvar-may) jami 100,0 ming dollarni (reja 80,0 ming doll.) tashkil etib, reja 125,0 foizga bajarildi.

IX. Yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha

2022-yilda tizim korxonalarida 18 ta yangi ish o‘rnini yaratish ko‘zda tutilgan bo‘lib, joriy yilning hisobot davrida tizim korxonalarida 6 ta yangi ish o‘rin yaratildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>