Yetmish yildan oshdiki, 1-iyun sanasi Bolalarni himoya qilish xalqaro kuni sifatida nishonlanib kelmoqda.
Jajji va beg’ubor bolajonlarni ardoqlash, sog’lom o’stirish, turli yot unsurlardan asrash, ularga ta’lim-tarbiya berish — biz kattalarning burchimiz. Yosh avlodni jismonan va ma’nan, sog’lom qilib voyaga yetkazish, farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
⚡️ “Toshkent shahar MET” filiali kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan kelajagimiz poydevori bo’lmish yosh avlod bayramini munosib nishonlash maqsadida O’zbekiston davlat musiqali komediya teatrining spektakliga chiptalar tarqatildi.
✨ Ishchi-xodimlarimizning farzandlari ta’til kunlarini maroqli o‘tkazishmoqda.
✍️ “Toshkent shahar MET” filiali
⇒ https://t.me/toshkentshaharMET
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati