Elektr va gaz tariflarini oshirish bo‘yicha qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Kutilganidek, oylik bazaviy normani kiritish orqali tariflar tabaqalashtiriladi. Ma’lum qilinishicha, aksariyat oilalarda oshgan narxlardagi qo‘shimcha to‘lov miqdori bir oyga elektr uchun 7,5 ming so‘mgacha, tabiiy gaz uchun issiq oylarda 6 ming so‘mgacha, isitish mavsumida 21 ming so‘mgacha bo‘ladi.
“Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Loyiha ikki jihatiga ko‘ra ahamiyatli:
Tabaqalashtirilgan to‘lov tizimiga o‘tiladi
Elektr va gaz tariflariga ijtimoiy norma kiritilib, aholining ko‘p energiya sarflaydigan (nisbatan o‘ziga to‘q) qatlami xarajatlarini budjetdan subsidiyalash qisqartiriladi.
Ijtimoiy norma miqdorini quyidagicha belgilash taklif etilmoqda:
Quyida keltirilayotgan yangi narxlar 2022 yil 1 iyuldan boshlab joriy etilishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, gaz va “svet” tariflari oxirgi marta 2019 yil yozida oshirilgandi.
1 kVt soat elektr energiyasi uchun taklif etilayotgan yangi narxlar (aholi uchun):
Rasmiy izohga ko‘ra, taklif etilayotgan narxlar tasdiqlansa, xonadonlarning xarajati quyidagicha summaga oshadi:
Shuningdek, 1 kVt soat elektr energiyasi narxi yuridik shaxslar uchun quyidagicha belgilanishi mumkin:
1 kub metr tabiiy gaz uchun taklif etilayotgan yangi narxlar (aholi uchun):
Isitish mavsumi – oktyabr-mart oylarida:
Isitilmaydigan mavsum – aprel-sentabr oylarida:
Ta’kidlanishicha, isitish mavsumida:
Isitish mavsumidan tashqari davrda:
Shuningdek, 1 kub metr tabiiy gaz narxi yuridik shaxslar uchun quyidagicha belgilanishi mumkin:
Suyultirilgan gaz esa aholi uchun 1600 so‘m miqdorida belgilanmoqda (hozir 1120 so‘m). Bunda, 1 abonentga bir oyda o‘rtacha 20 kg suyultirilgan gaz yetkazib berilishi inobatga olinsa, abonentning qo‘shimcha xarajati bir oyda 9,6 ming so‘mni tashkil etadi.
Ijtimoiy norma bo‘yicha o‘rganishlar natijalari
Hukumatga ko‘ra, O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’mol qiluvchi jami 7,3 mln abonent bor va ularning 80 foizi oyiga o‘rtacha 200 kVt soatgacha elektr energiyasini iste’mol qiladi. Lekin, mazkur xonadonlarning hissasiga aholi iste’mol qiladigan jami elektr energiyasining bor-yo‘g‘i 31 foizi (5,7 mlrd kVt s) to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, tabiiy gaz iste’mol qiluvchi jami 4 mln abonent mavjud. Bu xonadonlarning 85 foizi oyiga o‘rtacha 500 kub metrgacha tabiiy gaz iste’mol qiladi. Lekin, ularning hissasiga aholi jami iste’molining bor-yo‘g‘i 35 foizi (4,5 mlrd kub m) to‘g‘ri keladi.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar energoresurslarni iste’mol qilishning yil davomida o‘rtacha oylik darajasini ifodalagani sababli, o‘rtacha oylik iste’molning aniq miqdorlarini aniqlash maqsadida Toshkent va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahridagi abonentlarda tanlanma o‘rganish o‘tkazilgan.
Elektr energiyasi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, bu hududlarda yilning isitish talab etilmaydigan davrida:
Isitish mavsumida esa:
Tabiiy gaz. Yuqoridagi hududlarda yilning isitish talab etilmaydigan davrida:
Isitish mavsumida esa:
Narxlarni oshirish zarurati: rasmiylar izohi
Mas’ul vazirliklar bayonotiga ko‘ra, respublikada yoqilg‘i-energetika resurslariga talab yildan yilga oshib bormoqda. Xususan, oxirgi 5 yilda aholiga yetkazib berilgan –
Shu bilan birga, ta’minotda jiddiy muammolar bor. 2021-yilda qondirilmagan talab 2-3 mlrd kVt soatni tashkil etgan.
Ortib borayotgan talabni qondirish uchun ishlab chiqarishning yangi quvvatlarini barpo etish, xususiy investitsiyalarni keng jalb etishga to‘g‘ri kelmoqda. Buning uchun esa energiya resurslari bozorini bosqichma-bosqich isloh qilish talab etiladi.
Yuridik shaxslar uchun tariflar 2023-yilda ham o‘zgaradi
Korxonalarni uzoq muddatli rejalashtirishga moslashtirish, operatsion samaradorlikni va energotejamkorlikni oshirish hamda tannarxni pasaytirish uchun “perspektiv mo‘ljal”ni ko‘rsatish maqsadida, joriy yil uchun yangi narxlar bilan birga 2023-yil 1-apreldan kuchga kiradigan yangi narxlarni ham tasdiqlash taklif etilmoqda. Bunda, 2023-yil 1-apreldan quyidagi narxlar joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda:
Elektr energiyasi bo‘yicha:
Tabiiy gaz bo‘yicha:
2026-yildan to‘liq bozorga o‘tiladi
Ma’lum qilinishicha, 2023-yil 1-apreldan o‘rnatiladigan yoqilg‘i-engergetika resurslarining narxlari 2024-va 2025-yillarda faqatgina inflatsiya darajasiga indeksatsiya qilib boriladi. 2026-yildan boshlab esa elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazning ulgurji bozoriga o‘tiladi hamda narxlar erkin shakllanadi.
Manba: https://kun.uz/uz/52592776
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati