Sharqiy Xitoyning Chjeszyan provinsiyasidagi baliq fermasida suvga o‘rnatilgan fotovoltaik modullar tarmoqqa ulandi.
O‘rnatilgan quvvati 550 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi 1,4 milliondan ortiq quyosh panellarini o‘z ichiga oladi. Ular suv yuzasida qariyb 4,7 kv. km maydonni egallaydi.
Fermer xo‘jaligida yiliga 650 million kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, bu esa atmosferaga karbonat angidrid gazi chiqindilarini chiqarishni yiliga 648 ming tonnaga kamaytirish imkonini beradi.
Manba: https://t.me/clearenergy/1461
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati