Yangiliklar
Energetika vazirligi: RASMIY MUNOSABAT
  • 29.05.2022
  • 400

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanilgan elektr energiyasining 200 kVtdan ortgan qismi uchun 7500 so‘mdan to‘lovlar amalga oshiriladi, mazmunida tarqalgan xabar mutlaqo yolg‘on

 

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “1 oy davomida foydalanilgan elektr energiyasining 200 kVtdan ortgan qismi uchun foydalanilgan har bir kVt elektr energiyasiga 7500 so‘m miqdorida to‘lovlar amalga oshiriladi” mazmunida xabar tarqatilmoqda.

Hurmatli iste'molchilar, ushbu ma'lumot mutlaqo yolg‘on hisoblanib, bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmasligingizni so‘raymiz.

Shuni qo‘shimcha qilamizki, ayni kunlarda aholi va iqtisodiy tarmoqlarini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan ta'minlash maqsadida energetika sohasini isloh qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ish jarayonida va hujjatning loyihasi muhokama uchun regulation.gov.uz ga joylashtiriladi va barchaning fikr va takliflari ko‘rib chiqiladi.

Shu bilan bir qatorda, ijtimoiy tarmoq adminlaridan bu kabi asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatganlik uchun tegishli qonunchilik hujjatlarida javobgarlik belgilanganligini eslatib o‘tamiz.

Batafsil: https://t.me/minenergy_uz/5126

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️@minenergy_uz

▶️@prminenergy

✅ Hurmatli iste'molchi, elektr energiyasi haqida nimalarni bilasiz?

✅ Tongni yoritgan chiroqlar jilosi yoxud energiya tejamkorligi va samaradorligi quruq gapmi?

✅ Elektr energiyasi: tarixi, ibtidoiy shakli, taraqqiyoti va buguni

✅ Taqribiy taqqoslash: O‘zbekistonda bir kunda qancha elektr energiyasi iste'mol qilinadi?

✅ Harakatni ilg‘ovchi moslamalar — samaradorlik va tejamkorlik sari arzon va oson yo‘l

Elektr energiyasini tejash — undan oqilona foydalanish demakdir!

⚡️ Elektr energiya ishlab chiqaruvchi Eskom kompaniyasining Janubiy Afrikada energiyani tejashga chaqiruvchi ajoyib ijtimoiy reklama bannerini o‘rnatdi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>