Yangiliklar
Bishkekda mintaqadagi suv va energetika muammolari muhokama etildi
  • 27.05.2022
  • 400

⚡️ Avval xabar berganimizdek, joriy yil 24–25-may kunlari  Qirg‘izistonning Cho‘pon-Ota shahrida Markaziy Osiyo energetiklarining navbatdagi yig‘ilishi  bo‘lib o‘tgan edi.

Kecha, 2022-yil 26-may kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika tashkilotlarining mintaqadagi suv va energetika muammolariga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv kun tartibidan asosan elektr energetikada 2022-yil melioratsiya (sug‘orish) mavsumidagi dolzarb masalalar va istiqboldagi rejalar o‘rin olgan.

Uchrashuv tashabbuskori Qirg‘iziston Energetika vazirligi bo‘lib, unda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz: 2021-yil noyabr oyida Bishkekda o‘tgan Markaziy Osiyo energetiklari yig‘ilishida ham mintaqadagi suv muammosiga oid energetika masalalari muhokama etilgan edi.

 

Batafsil:  kun.uz   daryo.uz  ‖  uza.uz  ‖  uzbekistonmet.uz

https://uza.uz/oz/

https://yuz.uz/en/

https://yuz.uz/tj/

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>