Yangiliklar
KELAJAK — BILIMLI YOSHLAR QO‘LIDA
  • 27.05.2022
  • 1536

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta'minlashni ko‘zda tutuvchi ustuvor loyihalar amalga oshirilmoqda.

"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ "Energo-IT" filiali xodimlari ham xalqaro IT sertifikatini qo‘lga kiritish maqsadida "IT-park" tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.

✍️ “Energo-IT” filiali

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>