Yangiliklar
Axborot xizmati: uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytining «MUROJAATLAR» ruknini kuzatib boring!
  • 24.05.2022
  • 342

➡️ Umumiy ma’lumotlar

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali Jamiyat faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan tahliliy maqola, rasmiy bayonot, o‘tkazilgan matbuot anjumanlari va brifinglarda so‘ralgan savollarga javoblar, xabar va ma’lumotlarni hisobot jadvali shaklidagi ilovalar orqali OAV hamda keng jamoatchilik e’tiboriga havola etib borilmoqda.

☎️ Shuningdek, «O‘zbekiston MET» AJning YAGONA TELEFON 71/236-68-08 (matbuot kotibi), bundan tashqari, ISHONCH RAQAMI, ya’ni fuqarolar murojaati uchun maxsus telefon raqami +998 71-208-56-46 hamda Devonxona (kanselyariya) 71/236-6854 raqamlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

⇒ 2021-yilda Call sentry raqami +998 (55) 500-5545 raqami ishga tushirildi va uning ish faoliyati uzbekistonmet.uz veb-sayti bilan integratsiyalashtirildi.

Aksiyadorlik jamiyatining veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn  tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda e’lon qilib borilmoqda.

Bundan tashqari, uzbekistonmet.uz  veb-saytida bo‘sh ish  o‘rinlariga salohiyatli kadrlarni jalb qilish hamda ishga qabul qilish jarayonini shaffofligini ta’minlash maqsadida “Onlayn rezyume”  va “Onlayn maslahatchi” elektron dasturlari joriy qilingan.

Aksiyadorlik  jamiyat rasmiy veb-saytining barqaror faoliyati muhim ahamiyatga ega. Veb-sayt 4 ta til-grafika sahifalarida (o‘zbek tili kirill va o‘zbek tili lotin grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 9 ta rukn, 47 ta nimrukn, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi hududiy filiallar haqida batafsil ma’lumotlar joylashtirilgan infografika ma’lumotnomasi mavjud.

Magistral elektr tarmoqlari filiallari haqidagi ma’lumotlar (filial manzili, asosiy ish faoliyati, bog‘lanish uchun telefon raqamlari, filial rahbarining ism-sharifi) xarita shaklidagi infografikaga joylashtirilgan.

Ayni paytda veb-saytga joylashtirilgan ma’lumotlar soni 2200 dan ortiq bo‘lib, keng jamoatchilik uchun ochiq. Veb-saytda mobil qurilmalar uchun soddalashtirilgan dizayn versiyasi, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ularga tezkor munosabat bildirish, tashriflar statistikasini o‘rganish va nazorat qilish, veb-sayt bo‘yicha izlash imkonini beruvchi funksiyalar mavjud.  

✔️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Axborot xizmati tomonidan Ochiq ma’lumotlar portaliga Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga taalluqli ma’lumotlarni joylashtirish amaliyoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019-yil 9-apreldagi PQ-4273-sonli qarorining tegishli bandlariga muvofiq 2019-yil oktabr oyidan boshlab amalga oshirilmoqda. 2021-yil 15-iyul sanasidan boshlab Ochiq ma’lumotlar portaliga Farmonda belgilab berilgan tartibdagi ma’lumotlar yuklanib, hisobotlar o‘z vaqtida taqdim etilmoqda.

Misol uchun, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati haqidagi: umumiy ma’lumotlar (nomi, manzili, asosiy ish vazifasi, podstansiyalar soni va magistral elektr tarmoqlarining uzunligi, filial va tarkibiy tuzilmalar, ish tartibi, rahbariyat tarkibi va ularning qabul kunlari, filial hamda tarkibiy bo‘linmalar haqida batafsil ma’lumotlar, ish telefon va pochta manzillari, aholi va jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha yagona va ishonch telefon raqamlari, veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari); asosiy ko‘rsatkichlar (statistik ma’lumotlar, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining miqdori /jami generatsiya/, elektr energiyasi transportirovkasi, elektr energiyasi importi va eksport hajmi); qo‘shimcha ko‘rsatkichlar (bo‘sh ish o‘rinlari, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari va statistikasi, mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni https://cooperation.uz va https://exarid.uzex.uz portali orqali amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari, davlat organlari va tashkilotlari tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalarining soni) https://data.gov.uz portaliga yuklanmoqda.

Shu bilan birga, muhokamadagi qaror loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalar berilgan bo‘lib, uzbekistonmet.uz veb-saytining «Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda», «Yangiliklar», «OAV va jamoatchilik bilan ishlash», «Investitsiya salohiyati», «Tenderlar», «Bo‘sh ish o‘rinlari», «Murojaatlar», «Aksiyadorlar uchun», «Asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari», «Tashqi qarz», «Biz bilan bog‘lanish», «Qiziqarli xabarlar», «Yoshlar siyosati», «Kasaba uyushmasi», «Xotin-qizlar», «Xalq qabulxonasi», «Korrupsiyaga qarshi kurash» kabi ruknlari tegishli tartibda yangilanib borilmoqda.

E’tiboringizga «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn orqali qayd etilgan murojaatlarga berilgan javoblarni havola etamiz!

07.05.2022Murojaatchi: «Adashib to‘langan 60 400 000 so‘m pulni boshqa elektr ta'minoti korxonasiga to‘lov sifatida qabul qilishingizni so‘raymiz»

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum. Bizning korxona Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi 160-uyda joylashgan. Elektr energiyadan qarzdorligimiz vujudga kelganligi sababli, 09.02.2022-yilda 126-sonli to‘lov topshiriqnoma orqali adashib Yunusobod tumani elektr tarmoqlari o‘rniga, “Toshkent shahar elektr tarmog‘i” AJning 20231000050012695??75 hisob raqamiga 60 400 000 (oltmish million to‘rt yuz ming) so‘m o‘tqazib yuborilgan. Bizning yozma murojaatlarimizga “Toshkent shahar elektr tarmog‘i” AJ tomonidan hisob raqamlarga soliq idoralari tomonidan kartoteka 2 bilan band solinganligi va pulni qaytarish inkassa topshiriqnomasi orqali mumkinligi to‘g‘risida javob xati yuborilgan. Yuqoridagilarni inobatga olib, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ va Yunusobod tumani elektr ta'minoti korxonasi o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilish yo‘li bilan, adashib to‘langan 60 400 000 so‘m pulni biz tomonimizdan Yunusobod tumani elektr ta'minoti korxonasiga to‘langan deb hisoblanishiga amaliy yordam berishni so‘raymiz.»

12.05.2022  — Murojaatchi: «13 yillik ish stajim uchun “energetika tizimidagi mehnat staji” toifasini tiklashga amaliy yordam berishingizni so‘rayman»

Murojaat mazmuni: «Men 2006-yilda “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga elektr montyori vazifasida ishga kirganman. 2014-yildan mehnat faoliyatimni “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari”da davom etirdim. 2019-yil 28-dekabrda, 2 oy tanafusdan keyin lavozimimga qayta qabul qilinganman. Hozirgacha menga to‘lanadigan “energetika tizimidagi mehnat staji” 5% gacha to‘lab kelinmoqqda. Menga 13 yillik ish stajim uchun “energetika tizimidagi mehnat staji” toifasini tiklashga amaliy yordam berishingizni so‘rayman.»

16.05.2022  — Murojaatchi: «Olmaliq shahri dehqon bozorida chiroq doim o‘chadi!»

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum! Toshkent viloyati, Olmaliq shahri dehqon bozorida chiroq doim o‘chadi. Bu shahar elektr ta'minoti balansiga kirmas ekan. “Svet” o‘chsa na elektrik keladi bozorga, na bozor direktori. Doim qiynalamiz shu masalada...»

23.05.2022  — Murojaatchi: “Ishga bepul kirishning imkoni bormi?”

Murojaat mazmuni: «Surxondaryo viloyatidanman. “Milliy elektr tarmoqlari”ga ishga bepul kirishning imkoni bormi?»

Murojaatga qo‘shimcha izoh:

25.08.2021 “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Yagona telefon raqami orqali A-76-sonli qaydnoma (23.08.2021) bilan ro‘yxatga olingan fuqarolar murojaatiga javob

Murojaatga qo‘shimcha izoh: Yodingizda bo‘lsa “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yagona telefon raqami orqali 2021- yil 23-avgust kuni A-76-sonli qaydnoma bilan ro‘yxatga olingan, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi fuqorolar Zarina Muhammadova hamda Dilrabo Mirzayevalar tomonidan murojaatga loyiha to‘g‘risida ma'lumot va olib borilayotgan ishlar borasida qisqa tartibda javob berilgan edi.

❗️O‘tgan vaqt davrida, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, “Nurobod” MFY “Yoshlar” ko‘chasi, 78-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro (mulk egasi) Muxammadov Murodqul (Zarina Muhammadovaning otasi) hamda tumanning “Marjona” MFY “Zaxnobod” qishlog‘i, 12-uy, 76-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Ko‘charov Tojiddin Xabibulloyevich (turmush o‘rtog‘i Dilrabo Mirzayeva)larning ko‘chma-mulk obyektlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta'minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 911-sonli qaror Nizomining talablaridan kelib chiqqan holda kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berildi.

✍️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati

 

>