Yangiliklar
Quvvati 1500 MVt bo‘lgan zamonaviy bug‘-gaz issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida navbatdagi muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
  • 23.05.2022
  • 403

Bugun, 2022-yil 23-may sanasida loyiha instituti — “SREDAZENERGOSETPROEKT” AJ binosida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov boshchiligidagi mutaxassislarning navbatdagi muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Saudiya Arabistoni Qirolligining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan Sirdaryo viloyati, Shirin shahrida quvvati 1500 MVt bo‘lgan zamonaviy bug‘-gaz issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida tashkil etilgan “ACWA Power Sirdariya” MChJ Loyiha kompaniyasi, “SAESP” AJ hamda “O‘zellektroapparat” AJ mutaxassislari ishtirok etishdi.

Ishchi tartibdagi uchrashuv davomida yangi qurilayotgan issiqlik elektr stansiyasini Yagona energotizimga ulash uchun zarur ikkilamchi qurilmalar, jumladan, rele himoyasi, telekommunikatsiya hamda avariyaga qarshi avtomatika uskunalarni loyihalashtirish, ularni yetkazib berish va o‘rnatish bo‘yicha belgilangan muddatlar hamda shartlar muhokama qilindi.

Ma'lumot o‘rnida: Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-avgustdagi “Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4799-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.

“ACWA Power” kompaniyasi bilan “O‘zbekiston MET” AJ o‘rtasida 2020-yil 5-martda Elektr energiyasini sotib olish kelishuvi imzolangan bo‘lib, Loyiha kompaniyasi tomonidan qurilish ishlari jadal sur'atlar bilan olib borilmoqda.

Ushbu issiqlik elektr stansiyasi 2023-yilning 2-choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

E'tiboringizga mazkur investitsiya loyihasi bo‘yicha e'lon qilingan xabarlar xronologiyasini taqdim etamiz:

07.03.2020  — O‘ZBEKISTONDA ELEKTR ENERGIYASI TAQChILLIGIGA BARHAM BERUVCHI LOYIHALAR IMZOLANDI

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/267

09.03.2020  — «O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI ACWA POWER KOMPANIYASI BILAN UMUMIY QIYMATI 1,2 MILLIARD AQSh DOLLARIGA TENG BITIM IMZOLADI

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/269

20.08.2020  — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI QARORI: SIRDARYODA BUG‘-GAZ ELEKTR STANSIYASI QURILADI

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/481

24.01.2021 — O‘ZBEKISTON–SAUDIYA ARABISTONI: ENERGETIKA SOHASIDAGI HAMKORLIK YANGI BOSQICHGA KO‘TARILMOQDA

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/697

30.03.2021 — ELEKTR ENERGETIKA TARMOG‘IDA DUNYONING ILG‘OR TAJRIBASINI O‘RGANIB, ENG SAMARALI, ARZON VA QULAY TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH — BUGUNGI KUN TALABI

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/889

31.03.2021 — ACWA POWER KOMPANIYASI VAKILLARI BILAN MUZOKARALAR YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/904

09.04.2021  — Ayni paytda Interkontinental majmuasining «Samarqand» majlislar zalida “O‘zbekiston MET” AJ hamda ACWA Power kompaniyasi vakillarining muzokaralar yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/931

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>