Yangiliklar
Energetika sohasidagi ilmiy ishlanma va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasida «O‘zbekiston MET» AJ vakillari ishtirok etmoqda
  • 23.05.2022
  • 364

Bugun, 2022-yil 23-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish hamda Energetika vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan Energetika sohasidagi ilmiy ishlanma va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislar ham ishtirok etishdi.

⚡️ Ayni paytda Energetika vazirligi tizim tashkilotlari o‘z ilmiy ishlanmalari va innovatsion mahsulotlarini namoyish etayotgan  ko‘rgazmada «O‘zbekiston MET» AJ innovatsion g‘oya va takliflar asosida ishlab chiqarilgan ehtiyot qism, uskuna va jihozlar, ularning samaradorligi hamda foydalanish muddatiga doir ma'lumotlarni ko‘rgazma ishtirokchilariga tushuntirib berishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ko‘rgazma 23–27-may kunlari o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>