“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida EDF (Fransiya), Nebras Power (Qatar) hamda Sojitz va Kyuden International Corporation (Yaponiya) kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida “Sirdaryo viloyatida quvvati 1600 MVt bo‘lgan bug‘-gaz issiqlik elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirishning bugungi kundagi holati, istiqbolda amalga oshiriladigan ishlar hamda loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan chora-tadbirlarni qo‘llash bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, uchrashuvda investitsiya loyihasiga taalluqli ishchi masalalar muhokama etildi.
Ma’lumot o‘rnida: “Sirdaryo viloyatida quvvati 1600 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihasining umumiy qiymati 1,2 mlrd AQSh dollari hisobida bo‘lib, 2024 yil may oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur issiqlik elektr stansiyasi yiliga 12,3 mlrd kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Loyiha Fransiya, Qatar va Yaponiya mamlakatlaridan investorlar konsorsiumi tomonidan moliyalashtirilmoqda. Loyiha manzili: Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani va Shirin shahri hududlarida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz: “Sirdaryo viloyatida quvvati 1600 MVt bo‘lgan bug‘-gaz issiqlik elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasi bo‘yicha joriy yilning 25 mart kuni, I Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “O‘zbekiston MET” AJ hamda EDF (Fransiya), Nebras Power (Qatar) va Sojitz (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.
Qo‘shimcha ma’lumot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-72-sonli qaroriga asosan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha umumiy loyiha qiymati 1 159,1 mln AQSh dollari miqdorida bo‘lgan 14 ta yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda «O‘zbekiston MET» AJ tarkibida 14 ta hududiy magistral elektr tarmoqlari, energetika tizimi bo‘yicha faoliyat yuritadigan milliy dispetcherlik markazi, markaziy rele himoyasi va avtomatika xizmati, loyihalashtiruvchi, qurilish-montaj va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi funksional filiallar mavjud. Jamiyatga qarashli 85 ta yuqori kuchlanishli podstansiya va 11 400 kmdan ortiq 220–500 kVli magistral elektr uzatish tarmoqlari mavjud.
Veb-sahifa: uzbekistonmet.uz
Facebook: fb.com/elektrtarmoq
Instagram: www.instagram.com/uzbekistonmet.uz
Twitter: twitter.com/uzbekistonme
Utube: utube.uz/ru/users/7208
Youtube: www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg
Telegram: http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati Ⓣ
Manba: https://kun.uz/uz/83009209