Yangiliklar
Fransiya, Qatar va Yaponiya kompaniyalari vakillari bilan yirik investitsiya loyihasi yuzasidan muhokamalar uchrashuvi o‘tkazildi
  • 19.05.2022
  • 315

Bugun, 2022-yil 19-may kuni “O‘zbekiston MET” AJda EDF (Fransiya), Nebras Power (Qatar) hamda Sojitz (Yaponiya) kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida “Sirdaryo viloyatida quvvati 1600 MVt bo‘lgan bug‘-gaz issiqlik elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirishning bugungi kundagi holati, istiqbolda amalga oshiriladigan ishlar hamda loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan chora-tadbirlarni qo‘llash bo‘yicha fikr almashildi. Investitsiya loyihasiga taalluqli ishchi masalalar muhokama etildi.

⇒ Eslatib o‘tamiz, ushbu investitsiya loyihasi bo‘yicha joriy yilning 25-mart kuni,I Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “O‘zbekiston MET” AJ hamda 3 ta kompaniyalari konsorsiumi o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha shartnoma  imzolangan edi.

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

 

>