Yangiliklar
Xotira va qadrlash — o‘zbekona milliy qadriyat
  • 07.05.2022
  • 491

9-may — Xotira va qadrlash kuni

Yurtboshimiz tashabbusi bilan 9-may — Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Bugun «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Energo-IT” filiali xodimlari tomonidan xotira tadbiri o‘tkazilib, bir necha yillar davomida energetika sohasida davlatimiz rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelgan mehnat faxriylari yod olindi. Ularning elektr energetika tizimiga qo‘shgan hissalari alohida e'tirof etildi.

 

 

Albatta, energetika faxriylarini xotiralash, ibratli ishlarini yod etish, haqlariga duo qilish, keksalarni qadrlash — o‘zbekona milliy qadriyatlarimizdan sanaladi.

Bunday xayrli fazilatlar yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ajdodlarining eng yaxshi an'ana, qadriyatlaridan faxrlanish, namunali hayotidan ibrat olib, ularga munosib farzand bo‘lish ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega.

Shu bilan birga,barcha yurtdoshlarimizni Hotira va qadrlash kuni bilan tabriklaymiz.

Yurtimiz tinch, osmonimiz hamisha musaffo bo‘lsin, xonadoningizdan fayz-u baraka, mehr-oqibat arimasin!

 
 
 
 
 
 

‖ Veb-sahifa http://uzbekistonmet.uz

‖  Telegram http://t.me/uzmetaxborotxizmati

‖ Facebook https://www.facebook.com/elektrtarmoq

‖ Instagram https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz

‖ Twitter https://twitter.com/uzbekistonmet

‖ Utube https://utube.uz/ru/users/7208

‖ Youtube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg

✍️  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>