Yangiliklar
Diqqat, e'lon! 2022-yil 12-may: Press-tur hamda Matbuot anjumani
  • 06.05.2022
  • 342

Diqqat, e'lon! 2022-yil 12-may kuni 220 kV kuchlanishli «Sirg‘ali» podstansiyasida Press-tur hamda  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning 2022-yil 1-chorak yakunlariga bag‘ishlangan Matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

✅  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari — Prezidentning matbuot kotibi Sh.Asadov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A.Xodjayev tomonidan imzolangan 2022-yil II chorakda o‘tkaziladigan matbuot anjumanlari va press-turlar yuzasidan Media-rejaning tegishli bandiga muvofiq, 2022-yil 12-may sanasi, soat 16:00 da 220 kV kuchlanishli “Sirg‘ali” podstansiyasida Press-tur hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2022-yil 1-chorak yakunlariga bag‘ishlangan Matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

⚡️ Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etishlari mumkin. Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va mutaxassislari, «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mas'ul xodimlari, "Toshkent tibbiy-sanitariya qismi" muassasi shifokorlari, Yong‘in xavfsizligi boshqarmasidan vakillar, shuningdek, AOKA mutaxassislari hamda Energetika vazirligi tizimidagi tashkilotlar matbuot kotiblari ham ishtirok etishi nazarda tutilgan.

► Ma'lumot o‘rnida: 220 kVli “Sirg‘ali” podstansiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3638-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-iyundagi VMQ-540-sonli qaroriga asosan amalga oshirilgan «Toshkent metallurgiya zavodining tashqi elektr ta'minoti ob'ektlarini qurish» investitsion loyihasi doirasida qurilib foydalanishga topshirilgan.

 

⇒ Tadbir manzili: Toshkent shahri, Yangi hayot tumani.

⇒  Mo‘ljal: Toshkent metallurgiya zavodi ro‘parasida.

✨ Mas'ul shaxs: Matbuot kotibi U.P.Urunov.

☎️ Murojaat uchun telefon: +998-71-236-6808.

 

⇒ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:

‖ Veb-sahifa http://uzbekistonmet.uz

‖  Telegram http://t.me/uzmetaxborotxizmati

‖ Facebook https://www.facebook.com/elektrtarmoq

‖ Instagram https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz

‖ Twitter https://twitter.com/uzbekistonmet

‖ Utube https://utube.uz/ru/users/7208

‖ Youtube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg

 

Press-turda asosan yuqori kuchlanishli podstansiyalar faoliyati va ularning O‘zbekiston elektr energetika tizimidagi ahamiyati 220 kV kuchlanishli "Sirg‘ali" podstansiyasi misolida tushuntiriladi.

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>