Yangiliklar
“O‘zbekiston MET” AJ “Nurafshon” sanatoriyasida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
  • 30.04.2022
  • 373

“Nurafshon” sanatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi farmoyishi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2022-yil 27-apreldagi 97-sonli buyrug‘iga asosan umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.

Hasharda 48 nafar ishchi-xodimlar sanitariya-epidemiologik talablar, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya etgan holda ishtirok etishdi.

Hasharda sanatoriya hududida odobonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, ekin maydonlari, ariqlar begona o‘tlardan tozalandi.

Mingdan ziyod mevali va manzarali daraxtlarning osti yumshatildi, oqlandi. Turli-tuman gullar ekildi.

Olimjon Xasanov,  “Nurafshon” sanatoriyasi bosh hakimi

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>