Yangiliklar
HASHAR — ELGA YARASHAR
  • 01.05.2022
  • 372

Ramazon hayiti arafasida mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Mazkur hasharda “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialining barcha xodimlari  faol ishtirok etishmoqda.

Bugun hasharda:

✔️  Ma'muriy bino hududida  — 80 tup archa, chinor va mevali daraxtlar oqlandi, 100 tup gul ko‘chatlari ekildi.

✔️ “Samarqand” podstansiyasida — 400 kvadrat metr maydon begona o‘tlardan tozalandi, 50 tup gul ko‘chatlari ekildi.

 ✔️ “So‘g‘diyona” podstansiyasida — 900 kvadrat metr maydon begona o‘tlardan tozalandi, 60 tup gul ko‘chatlari, 70 pomidor ko‘chatlari ekildi, 30 tup daraxt ko‘chatlari oqlandi.

✔️ “Cho‘pon-ota” podstansiyasida — 700 kvadrat metr maydon begona o‘tlardan tozalandi, 40 tup gul ko‘chatlari, 15 tup tokning orticha novdalari olinib, 40 tup daraxt ko‘chatlari oqlandi.

 ✔️ “Ishtixon” podstansiyasida — 800 kvadrat metr maydon begona o‘tlardan tozalandi. 1 ta kirish darvozasining singan joyi elektr payvandlandi. 50 tup rayhon gul ko‘chatlari, 50 pomidor ko‘chatlari ekildi, 40 tup daraxt ko‘chatlari oqlandi.

⚡️ Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab davom etayotgan umumxalq xayriya hasharida samarqandlik energetiklar ham faol ishtirok etishib, yurt obodligi va ko‘rkamligiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishmoqda.

✍️ "Samarqand magistral elektr tarmoqlari”filiali Kasaba uyushmasi boshlang'ich tashkiloti a'zolari

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>