Yangiliklar
“Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali: umumxalq xayriya hashari samarqandlik energetiklar tomonidan uyushqoqlikda o‘tkazilmoqda
  • 30.04.2022
  • 223

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil  26-apreldagi 199-F-sonli farmoyishi hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining 2022-yil 27-apreldagi 97-son buyrug‘ining ijrosini ta'minlash maqsadida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori M.X.Pardaev tomonidan 2022-yil 29-aprel kuni barcha podstansiya hamda xizmat guruhlariga umumxalq xayriya hasharini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan edi.

Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida har bir xodimning dahldorlik hissini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” umumxalq xayriya hashari samarqandlik energetiklar tomonidan uyushqoqlikda o‘tkazilmoqda.  

Filialining barcha ishchi-xodimlari tashabbus ko‘rsatib, podstansiyalar hududi, bog‘lari, atrof ko‘chalari, qolaversa, ma'muriy binolarini obod, ozoda-saramjon bo‘lishiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

“Samarqand MET” filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolari

 

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>