Yangiliklar
Bugun, 30-aprel kuni O‘zbekiston MET» AJ tarkibidagi barcha boshqarma, bo‘lim, xizmat, filial hamda tarkibiy bo‘linmalarda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda
  • 30.04.2022
  • 263

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil  26-apreldagi 199-F-sonli farmoyishi hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining 2022-yil 27-apreldagi 97-son buyrug‘iga asosan, bugun, 2022-yil 30-aprel kuni Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi barcha boshqarma, bo‘lim, xizmat, filial hamda tarkibiy bo‘linmalarda sanitariya-epidemiologik talablar hamda hududlarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etgan holda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

O‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari Akiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali keng jamoatchlik e'tiboriga yoritib boriladi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilgan umumxalq xayriya hashari haqida ⇒  batafsil ma'lumot

 

Axborot xizmati  http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>