Yangiliklar
FM.87.9 to‘lqinlarida elektr energetika tarmog‘ida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari muhokama etildi
  • 26.04.2022
  • 301

Avval xabar berganimizdek, kecha, 2022-yilning 25-aprel kuni soat 17:20 da «O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida Elektr energetika, xususan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda raqamlashtirish dasturlariga muvofiq amaliyotlarning bajarilishi haqida jonli suhbat efirga uzatildi.

Unda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ulug‘bek Urunov; “O‘zbekiston MET” AJ tasarufidagi "Energo–IT" filiali direktorining maslahatchisi, MDH davlatlarida xizmat ko‘rsatgan energetika faxriysi Zikrilla Sagdiev hamda Investitsion loyihalar guruhi rahbari Mahmudjon Muqimovlar ishtirok etishdi.

 Radioboshlovchi jurnalist Nilufar Ahmedova.

Marhamat, sohada raqamlashtirish jarayoniga oid so‘nggi ma'lumotlar bilan tanishing!

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>