Yangiliklar
DIQQAT, E'LON! MAVZU — RAQAMLASHTIRISH
  • 25.04.2022
  • 261

Bugun, 2022-yilning 25-aprel kuni, soat 17:20 da «O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida Elektr energetika, xususan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda raqamlashtirish dasturlariga muvofiq amaliyotlarning bajarilishi haqida jonli suhbat efirga uzatiladi.

Unda:

✔️ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ulug‘bek Urunov;

✔️ “O‘zbekiston MET” AJ tasarufidagi "Energo–IT" filiali direktorining maslahatchisi, MDH davlatlari energetika faxriysi Zikrilla Sagdiev;

✔️ “O‘zbekiston MET” AJ Investitsion loyihalar guruhi rahbari Mahmudjon Muqimovlar ishtirok etishadi.

Radioboshlovchi jurnalist Nilufar Ahmedova.

Tinglang, sohada raqamlashtirish jarayoniga oid so‘nggi ma'lumotlar bilan tanishing!

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>