Yangiliklar
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha tenderda ishtirok etishga 12 ta xalqaro kompaniya qiziqish bildirdi
  • 20.04.2022
  • 291

G‘uzor quyosh fotoelektr stansiyasini (QFES) qurish loyihasi bo‘yicha mustaqil elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar (investor-ishlab chiqaruvchilar) uchun tenderning birinchi bosqichi (Malaka so‘rovi – RFQ) boshlanganligi haqidagi e'longa javoban O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga xalqaro kompaniyalardan 12 ta ariza kelib tushgan.

Loyiha Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Loyiha Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida quvvati 300 MVt gacha bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurishni nazarda tutadi.

Tender jarayoni eng yuqori xalqaro standartlar hamda ochiqlik va shaffoflik talablariga muvofiq o‘tkaziladi. Tenderda ishtirok etishni xohlovchilarning barchasi uchun ochiq kirishda malaka so‘rovi taqdim etildi.

Tender komissiyasi ishtirokchilardan takliflar kelib tushgandan so‘ng, qabul qilingan takliflarning to‘liqligi va maqsadga muvofiqligini baholaydi, shundan so‘ng malakali ishtirokchilarning “qisqa ro‘yxati” e'lon qilinadi, ular keyinchalik tenderning ikkinchi bosqichiga (Takliflar so‘rovi – RFP) qo‘yiladi.

Arizalarini topshirgan kompaniyalar ro‘yxati (alifbo tartibida):

1. Abu Dhabi Future Energy Company PJSC- Masdar

2. Alcazar Energy

3. China Huadian Engineering

4. Concord New Energy Group

5. GD Power

6. International Company for Water and Power Project (ACWA Power)

7. Jinko Solar

8. Kalyon Holding

9. ReNew Power Private Limited

10. Solar System

11. Tenaga National Berhad

12. Voltalia SA

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/1915

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>