Qiziqarli xabarlar
Xitoyda dunyodagi eng katta vodorod yonilg‘i quyish stansiyasi ochildi
  • 04.04.2022
  • 415

Xitoy vodoroddan foydalanishni kengaytirib, Pekinda dunyodagi eng yirik vodorod yonilg‘i quyish stansiyasini ochdi. U kuniga qariyb 5 tonna quvvatga ega vodorod ishlab chiqaruvchi uskuna bilan jihozlangan bo‘lib, bu har kuni 600 ta avtomobilga vodorod yonilg‘isini quyish imkonini beradi.

Stansiya 200 000 kvadrat metrlik Pekin xalqaro vodorod energiyasini demonstratsiya qilish hududining bir qismida joylashgan. Shuningdek, u yer vodorod energiyasi bilan bog‘liq tadqiqot va ishlab chiqarishni birlashtiradigan innovatsion ekotizimni yaratishga qaratilgan, sinov qurilmalari hamda boshqa elementlarni ham o‘z ichiga olgan texnopark hisoblanadi.

#vodorod

Manba: https://t.me/clearenergy/1424

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>