Yangiliklar
Energetika vazirligida “Imagro Group” kompaniyasi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi
  • 12.04.2022
  • 493

O‘zbekiston Energetika vazirligida Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Axmedxadjaev boshchiligida “Imagro Group” (Italiya) kompaniyasi asoschisi Massimo Pollio boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Janob Pollio so‘nggi 5 yil davomida mamlakatning rivojlanish strategiyasi tufayli O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha jabhalarida jadal rivojlanish kuzatilganini alohida ta'kidladi. O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar mustahkamlanib bormoqda. Italiya kompaniyalari va moliya institutlari hamkorlik va loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda.

 

Uchrashuvda ASKUG loyihasi doirasida SAChe bilan hamkorlikning ijobiy tajribasi qayd etildi. Italiya moliyalashtirishini jalb qilgan holda yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari qayd etildi.

Yana shuni ta'kidlash kerakki, “Imagro Group” butlovchi qismlar, materiallar va texnologiyalarni global yetkazib berish bo‘yicha tan olingan jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda kompaniyaning 8 mamlakatda vakolatxonalari mavjud va jami aylanmasi 550 million yevroni tashkil etadi.

Uchrashuvda Italiya kompaniyasining qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqarish loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Kelgusidagi loyihalar haqida ma'lumot beriladi.

 

Muzokaralar davomida tomonlar muhokama qilingan masalalarni yanada chuqurroq ishlab chiqishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Kompaniya butun dunyo bo‘ylab tarmoq va 500 dan ortiq yuqori texnologiyali, malakali va tanlangan yetkazib beruvchilarning doimiy yangilanadigan ma'lumotlar bazasiga asoslangan holda global miqyosda mos yetkazib beruvchilarni qidiradi va malakasini oshiradi:


O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/1905

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>