«Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda»
Xorazm viloyatida quvvati 174 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiya ishga tushirildi
  • 11.03.2022
  • 403

Turkiyaning “Odaş Enerji CA” kompaniyasi tomonidan Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida qurilgan quvvati 174 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiya bugun soat 14:55 da ishga tushirilib O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatishni boshladi.

Ushbu elektr stansiya yiliga 1,4 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Qurilmalarning energiya tejamkorligi hisobiga yiliga 175 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Tejalgan tabiiy gazga qo‘shimcha 800 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi, buning natijasida (ushbu 800 million kilovatt-soat elektr energiyasi bilan) qo‘shimcha ravishda bir yil davomida 350 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta'minlash imkoni yaratiladi.

Umumiy qiymati 105 million AQSh dollariga teng bo‘lgan mazkur loyiha Turkiyaning “Odaş Enerji CA” kompaniyasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi.

Qurilish davomida 350 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritgan bo‘lsa, loyiha ishga tushishi natijasida, tumanda 60 nafar yangi ish o‘rni yaratildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu investitsiya loyihasi Prezidentimizning 2021-yil 24-iyuldagi PQ-5195-son qaroriga muvofiq davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.


Energetika vazirligi Matbuot xizmati

Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/1863

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>