Yangiliklar
Bugun, 2022-yil 31-mart kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Komplaens nazorati xizmati tomonidan «Korrupsiyaga qarshi kurash — davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi
  • 31.03.2022
  • 402

Unda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov, bosh boshqarma, boshqarma va xizmat rahbarlari, turdosh tashkilotlardan vakillar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
 
Matbuot anjumanini ochib bergan Sobirjon Sadullaevich Aksiyadorlik jamiyatining 2021-yilgi faoliyati yuzasidan ma'lumot taqdim etish uchun so‘zni Moliyaviy boshqaruv, biznes etika, shaffoflik va komplaens bo‘limi boshlig‘i Nigora Abdullaevaga berdi. Nigora Qilichbekovna hisobot ma'ruzasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2021-yilga faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish, faoliyat ochiqligi va shaffofligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar xususida hisobot taqdim ma'ruzasini etdi.

Moliyaviy boshqaruv, biznes etika, shaffoflik va komplaens bo‘limi boshlig‘ining hisobot ma'lumotnomasi uzbekistonmet.uz veb-saytida e'lon qilingan: “O‘zbekiston MET” AJ Komplaens nazorati xizmati: «Korrupsiyaga qarshi kurash — davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil» mavzusida matbuot anjumani tezislari

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2133

 

Matbuot anjumani so‘nggida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining investitsiya loyihalarini amalga oshirish, kapital qurilish, mahalliylashtirish, sanoat va axborot texnologiyalari sohasida kooperatsion aloqalarni kengaytirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov, Moliyaviy boshqaruv, biznes etika, shaffoflik va komplaens bo‘limi boshlig‘i N.Q.Abdullaeva va boshqa mutaxassislar anjuman ishtirokchilarining savollariga javob berishdi.

Matbuot anjumani mavzuga doir qizg‘in muhokamalar bilan yakunlandi.

✍️ Axborot xizmati

>