Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Simyog‘ochlar yaroqsiz holda, ularni joyiga kelib ko‘rib-o‘rganib, yangisiga almashtirishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman»
  • 23.03.2022
  • 475

Murojaat egasi: Sherimov Zafar Rayimqulovich

Elektron pochta: zafarsherimov@gmail.com

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum, hurmatli «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ xodimlari! Murojaatim shundan iboratki, men yashaydigan Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, Ingichka qishlog‘iga 1975-yilda elektr energiyasi tarmoqlari tortilgan bo‘lib, simyog‘ochlar bugungi kun eskirib, yaroqsiz holatiga kelib qolgan. Ularni joyiga kelib ko‘rib-o‘rganib, yangisiga almashtirishda amaliy yordam berishlaringizni so‘rayman.»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Zafar Rayimqulovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10548

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmat

>