Yangiliklar
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etiladi
  • 28.03.2022
  • 489

 2022-yil 24-mart sanasida Vazirlar Mahkamasining “Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 126-son qarori qabul qilindi.

 

Davlat unitar korxonasini — Markaz “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlarining milliy, regional va hududiy dispetcherlik funksiyalarini bajaradi.

 Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

    ·        yagona elektr energetika tizimini operativ boshqarish va uning ishonchli ishlashini ta'minlash;

    ·        yagona elektr energetika tizimi tarkibiga kiruvchi korxonalarning dispetcherlik boshqaruvini amalga oshirish;

    ·        elektr energiyasiga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, uni ishlab chiqarish va iste'mol qilishning har soatlik rejimini shakllantirish;

    ·        yagona elektr energetika tizimining texnik va iqtisodiy jihatdan eng maqbul rejimlarda ishlashini ta'minlash;?

    ·        yagona elektr energetika tizimining qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilan parallel ravishda ishlash rejimlarini boshqarish.

 

 

Quyidagilar Milliy dispetcherlik markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

    ·        elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va taqsimlovchi tashkilotlarga shartnoma asosida dispetcherlik xizmatini ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;

    ·        xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari;

    ·        homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Manba: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/milliy_dispetcherlik_markazi_duk_tashkil_etiladi

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10056

 

Eslatib o‘tamiz: mazkur hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 2022-yil 27-mart sanasidan kuchga kirgan hisoblanadi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>