Yangiliklar
Fasli navbahorning go‘zal ayyomi, xalqimizning milliy bayrami — Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!
  • 22.03.2022
  • 401

Butun borliqda bahor nafasi ufurib, ko‘ngillarga bir olam shodlik va quvonch baxsh etayotgan shunday faraxbaxsh damlarda SIzni bayram bilan tabriklab, ezgu tilaklarimni izhor etayotganimdan cheksiz baxtiyorman!

Fasli navbahorning go‘zal ayyomi, xalqimizning milliy bayrami — Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

Qadim qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan sharqona yangi yilimiz elimiz uchun xosiyatli va barokatli kelsin!

Kundan-kun chiroy ochib borayotgan shahar va qishloqlarimiz bundanda obod, mehnatkash xalqimizning rizqi butun, jonajon diyorimizning osmoni doimo musaffo bo‘lsin!  

Vatan ravnaqi, yurt taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan fidokorona mehnatlaringizda omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz. Mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, bahoriy kayfiyat Sizni hech qachon tark etmasin.

Har kuningiz Navro‘z bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Maxmut Pardayev,  "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali direktori

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>