Yangiliklar
"Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali 21-mart — Navro‘zi olam bayrami bilan tabriklaydi
  • 22.03.2022
  • 466

Ming yillar davomida ma'naviy hayotimizning ko‘rk-ziynati bo‘lib kelayotgan bu ajoyib bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch va zavq bag‘ishlamoqda.

Ayni shu betakror va dilbar faslda barchamiz o‘zimizni yasharib ketgandek, vujudimizga yangi kuch-g‘ayrat, azmu shijoat kirgandek his etamiz.

Necha yuz yillik an'ana va qadriyatlarimizni yangitdan kashf etamiz, qanday buyuk tarix, qanday buyuk madaniyat vorislari ekanimizni yana bir bor anglaymiz. Va bundan qalblarimiz g‘urur va iftixorga to‘ladi.

✔️ Bugun ona tabiat bag‘rida yangilanish va yasharish fasli boshlanmoqda.

Navro‘z har bir xonadonga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat, qut-baraka olib kelsin!

Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo‘lsin!
Barcha ezgu niyat va maqsadlarimiz amalga oshsin!

✍ Anvar Rasulov, «Toshkent shahar MET» filiali direktori

«Ўзбекистон МЭТ» АЖ Ахборот хизмати
 t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>