Yangiliklar
"Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali: “Xavfsizlik texnikasi kuni” tadbirlari yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida o‘tkazildi
  • 17.03.2022
  • 380

2022-yildagi “Xavfsizlik texnikasi kuni” tadbirini o‘tkazish bo‘yicha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodov tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan barcha viloyat magistral elektr tarmoqlari filiallarida mavjud texnik-muhandislik ko‘nikmalarni takrorlash, tahlil va nazorat qilish, ishchi-xodimlarning malakasini oshirish ishlari olib borilmoqda.

 
E'tiboringizga  “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filialida jadval dasturiga binoan amalga oshirilgan tadbirlar bo‘yicha ma'lumot taqdim etamiz:

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Elektr energiyasi texnologik sarfini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i Salim Eshonqulov, “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali bosh muhandisi Davron Maxamov hamda Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi yetakchi muhandisi M.Ahmedov ishtirokida “Qashqadaryo MET” filiali tarkibiga kiruvchi podstansiyalar hamda barcha tarkibiy bo‘linmalarda “Xavfsizlik texnikasi kuni” tadbirini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

 

Jumladan, 2022-yil mart oyining birinchi yarim oyida “Xavfsizlik texnikasi kuni” tadbiri 500 kV kuchlanishli “G‘uzor” podstansiyasida, 220 kV Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, 220 kVli GTL va 220 kV kuchlanishli “Amir Temur” podstansiya ishchi-xodimlari bilan, shuningdek, 220 kVli “Pachkamar” podstansiyasida, 220 kVli “Qarshi”, “Muborak” va “Muborak-2” podstansiyalari ishchi-xodimlari bilan, 220 kV li “Koson” podstansiyasida, 220 kV li “Ko‘kdumaloq” podstansiyasi, bundan tashqari “NS-7”, Qarshi havo liniyasi, Rele himoyasi va avtomatika xizmati, Sinash bo‘yicha ishlab chiqarish laboratoriyasi ishchi-xodimlari bilan 3 ta hududiy seminarlar o‘tkazildi.

 
 

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Magistral elektr tarmoqlari filiali tomonidan erishilgan barcha ijobiy natijalar, sa'y-harakatlarining zamirida bir narsa — filial podstansiyalaridan quvvat oluvchi barcha iste'molchilarga ishonchli, sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish, elektr energiyasi tarmog‘ining barqaror ishlashini ta'minlash, sohani rivojlantirish uchun hissa qo‘shish, eng muhimi, sog‘lom va betalofat ish muhitini yaratish, xalqimizning farovon hayoti hamda yurtimiz taraqqiyoti uchun xizmat qilishdek oliy maqsadlar mujassam.

✍️ “O‘zbekiston MET” AJ Elektr energiyasi texnologik sarfini tahlil qilish bo‘limi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>