Yangiliklar
TAQRIBIY TAQQOSLASH: O‘zbekistonda elektr energiyasi iste'moli oshib borishi dinamikasi (4–10 mart sanalari 2021-yil va 2022-yillar)
  • 11.03.2022
  • 329

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati tomonidan, Milliy dispetcherlik markaziga taqdim etgan ma'lumotlarga tayanib, quyidagicha taqribiy taqqoslash tahlilini o‘tkazildi va u «Infografika» studiyasi tomonidan videografika shaklida e'tiboringizga taqdim etilmoqda.

Tahlilni soddalashtirib ifodalaydigan bo‘lsak, yilning bir vaqtida (bu ko‘rsatkichlarga ob-havoning bevosita ta'siri mavjud) O‘zbekiston iste'molchilarining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji sezilarli darajada oshib borayotganini payqashimiz mumkin.

Misol uchun, 2021-yilning 4-mart sanasida 215,16 mln. kVt•soat elektr energiyasi iste'mol qilingan bo‘lsa, 2022-yilning xuddi shu sanasida 215,69 mln. kVt•soat elektr energiyasi iste'mol qilingan va farq atigi +0,53 kVt•soatni tashkil etgan.
Bu tafovut 5 mart sanasida +3,24 mln. kVt•soatga, 6 mart sanasida +1,18 mln. kVt•soatga, 7-mart sanasida esa +7.18 mln. kVt•soatga oshib borgan. 8-mart sanasiga kelib farq +15,46 mln. kVt•soatni tashkil etgan, 9-martda esa +9,13 mln. kVt•soat, 10-martda +5,43 mln. kVt•soat.

2022-yil — elektr energiyasi iste'moli sana

4.03.22

5.03.22

6.03.22

7.03.22

8.03.22

9.03.22

10.03.22

mln. kVt•soat

215,69

215,94

216,32

220,94

222,10

217,75

218,40

2021-yil — elektr energiyasi iste'moli sana

4.03.21

5.03.21

6.03.21

7.03.21

8.03.21

9.03.21

10.03.21

mln. kVt•soat

215,16

212,70

215,14

213,76

206,64

208,62

212,97

Bu nimadan darak?

Yilning bir vaqtida O‘zbekistonda ob-havo sovuroq, yomg‘ir-qorli yoki aksincha, birmuncha iliq kelishidan qat'iy nazar elektr energiyasi iste'moli keskin ko‘payib bormoqda. Bu, avvalo, aholining turmush darajasi oshib, iste'molchilar soni oshib borayotgani, shuningdek, yurtimizda sanoat hamda kichik va o‘rta biznes qatlami izchil rivojlanib borayotganidan darak.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>