Yangiliklar
Diqqat, tanlov! Nomzodlar bilan joriy yilning 16 mart kuni suhbat o‘tkaziladi
  • 10.03.2022
  • 345

Davlatimiz rahbarining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, ishga qabul qilish jarayonida shaffoflik va ochiqlik tamoyilini ta'minlash, talabgorlar uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparatidagi bo‘sh ish o‘rinlari — Loyihalarni amalga oshirish guruhi mutaxassisi hamda iqtisodchi lavozimiga e'lon berilgan edi.

Jamiyatning tanlov komissiyasi tomonidan hujjat topshirgan nomzodlar bilan joriy yilning 16-mart kuni suhbat o‘tkaziladi va lavozimga loyiq deb topilgan nomzodlar bilan mehnat shartnomasi tuziladi.

Shuningdek, tez kunlarda Aksiyadorlik jamiyatida mavjud boshqa vakant lavozimlarga ham nomzodlarni saralab olish bo‘yicha tanlov e'lon qilinadi. E'lonlar Jamiyatning rasmiy uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga tegishli tartibda joylashtirilib boriladi.

✔️ Tanlovlarda faol ishtirok eting va jamoamiz a'zosiga aylaning.

☎️ Murojaat uchun: 71-236-6851.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

✍️  Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>